Dubay turizmda qatorasiga uchinchi rekordni o‘rnatdi
Dubayga 2025-yilda xorijdan qariyb 20 million nafar sayyoh kelib, amirlikda yangi rekord o‘rnatildi. Bu haqda Dubay hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
«Dubay turizm sanoati ketma-ket uchinchi yil rekord qayd etmoqda, 2025-yilda 19,59 million nafar xorijlik sayyoh tashrif buyurdi. Bu bir yil oldingiga nisbatan 5 foizga ko‘pdir», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bir oyda (dekabr) birinchi marta 2 milliondan ortiq chet ellik sayyoh kelishi 2026-yilda ham turizmni rivojlantirish uchun kuchli turtki bo‘ldi.
Dubayga eng ko‘p sayyohlar G‘arbiy Yevropadan (21 foiz) kelgan. Shuningdek, Fors ko‘rfazida joylashgan arab davlatlari, Sharqiy Yevropa, MDH va Janubiy Osiyodan (har birining ulushi 15 foiz atrofida) keluvchilar ko‘p.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter