Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubay urush tufayli har daqiqada 1 million dollar yo‘qotmoqda

Dubay urush tufayli har daqiqada 1 million dollar yo‘qotmoqda

Foto: Xabar.uz

AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi hamda Tehronning qo‘shni mamlakatlar, jumladan, BAAga javob zarbalari oqibatida mintaqadagi eng yirik Dubay aeroporti yopilgan edi.

NDTV World nashriga ko‘ra, Eron hujumi tufayli Dubay har daqiqada 1 million dollarni boy bermoqda. Bu raqam Emirates aviakompaniyasining kunlik yo‘lovchi va yuk tashishi, mehmonxona, taksi va savdo-sotiq xizmatlaridan tushadigan daromadni o‘z ichiga oladi.

Dubay aeroporti 2023 yilda 87 million, 2025 yilning birinchi choragida 23,4 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Bu esa xalqaro havo qo‘nalg‘asi kuniga 270 ming nafarga qadar sayyohga xizmat ko‘rsatishini anglatadi. 2026 yilning 3 yanvar kuni aeroport rekord darajada – 324 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.

Harbiy harakatlardan eng ko‘p Emirates aviakompaniyasi zarar ko‘rmoqda. Tahlillarga qaraganda, shirkat kuniga 100 million dollar miqdorida daromad ko‘rgan. Uzluksiz, kechayu kunduz xizmat ko‘rsatgan aviakompaniya faoliyati qo‘qqisdan to‘xtab qolishi ortidan katta moliyaviy zarar bilan bilan birga mijozlar ishonchi va obro‘-e’tibor ham boy berilmoqda.  

Qulay jug‘rofiy hududda, Yevropa, Osiyo va Afrika o‘rtasida joylashgan Dubay aeroporti dunyoning yuzdan ziyod mamlakatini bog‘lab kelgan.

Ma’lumot o‘rnida: raketa va dron zarbalari ortidan 28 fevraldan Dubay aeroporti ommaviy ravishda reyslarni bekor qildi. Aeroport binosi zarbalardan ziyon ham ko‘rdi.

Bloomberg agentligiga ko‘ra, moliyaviy zarar fonida BAA hamda Qatar Qo‘shma Shtatlardan Eronga hujumni to‘xtatishni so‘ragan.

Avval xabar berganimizdek, Yaqin Sharqdagi harbiy keskinlik ortidan badavlat shaxslar va yuqori martabali rahbarlar mintaqani tark etish uchun xususiy samolyotlarga yuz minglab dollar sarflamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring