Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubayda dunyodagi eng yirik aeroxab quriladi

Dubayda dunyodagi eng yirik aeroxab quriladi

Foto: Arabian Business

Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum o‘z X-akkauntida yozishicha, Dubay aeroporti o‘tkazuvchanligi besh baravar kengaytirilib, dunyodagi eng yirik havo-transport tuguniga aylantiriladi.

Aeroportni kengaytirishga 10 yil va $35 mlrd sarflanadi, dedi shayx. Beshta parallel uchish-qo‘nish yo‘lagi va qo‘nish uchun 400 ta kirish ochiladi, aeroport yiliga 260 mln nafargacha yo‘lovchini qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Business Insider ma’lumot berishicha, jahondagi eng ko‘p tig‘iz Hartsfild-Djekson (Atlanta, AQSh) xalqaro aeroporti 2023-yilda 104,6 mln yo‘lovchini qabul qildi. Xuddi shu yili Dubay aeroporti qariyb 87 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.

Shayx qo‘shimcha qilishicha, Ol Maktum aeroporti atrofida 1 milliongacha aholi yashaydigan «butun boshli shahar» quriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring