Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng ko‘p yo‘lovchilarni qabul qilgan aeroportlari (top-10)

Dunyoning eng ko‘p yo‘lovchilarni qabul qilgan aeroportlari (top-10)

Foto: Depositphotos

Koronavirus pandemiyasidan so‘ng turizm sohasi tiklanishga yuz tutdi — bu 2023-yildagi xalqaro aviatashuvlarda ham aks etdi, yo‘lovchilarga eng ko‘p xizmat ko‘rsatuvchi aeroportlar xalqaro reytingi kuchli o‘nligida jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi.

Xalqaro aeroportlar kengashi (ACI) 2023-yilda eng ko‘p yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgan aeroportlar reytingi (top-10)ni taqdim etdi. U butun dunyo bo‘ylab 180 dan ortiq mamlakatlar va hududlarda joylashgan 2 600 dan ortiq aeroportlardan yig‘ilgan ma’lumotlar asosida tuzildi.

Yangi reytingda AQShning ko‘p yillik yetakchilari ustunlikni saqlab qoldi (reytingdagi 10 tadan 5 tasi Amerika aeroportlari). Xususan, Hartfild-Jekson Atlanta xalqaro aeroporti «birinchi raqami»ni hech kimga bermadi. Kuchli o‘ntalikdagi jiddiy o‘zgarish Dubay xalqaro aeroportining 2-o‘ringa ko‘tarilishi bo‘ldi. Qolaversa, Tokioning Haneda xalqaro aeroporti 16-o‘rindan (2022-yil) 5-o‘ringa (2023-yil) ko‘tarildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda yo‘lovchilarning jami soni 8,5 mlrdga yaqinlashgan, bu 2022-yilga nisbatan 27,2 foiz o‘sishni anglatadi yoki pandemiyagacha bo‘lgan 2019 yilga nisbatan 93,8 foizlik tiklanishni ko‘rsatadi.

Jahon trafigining taxminan 10 foizi yoki 806 mln yo‘lovchi eng yirik 10 aeroportga to‘g‘ri kelmoqda, 2022-yilga nisbatan o‘sish 19,8 foizni, 2019-yilga nisbatan 0,7 foizni tashkil qilgan.

2023-yilda eng ko‘p yo‘lovchilarga xizmat qilgan 10 aeroport:

  1. Hartsfild-Jekson Atlanta (2022 yilda ham 1-o‘rin)
  2. Dubay xalqaro aeroporti (5)
  3. Dallas/Fort-Uert xalqaro aeroporti (2)
  4. London Xitrou (8)
  5. Tokio Haneda xalqaro aeroporti (16)
  6. Dever xalqaro aeroporti (3)
  7. Istanbul aeroporti (7)
  8. Los-Anjeles xalqaro aeroporti (6)
  9. Chikago O‘xara xalqaro aeroporti (4)
  10. Nyu-Dehli Indira Gandi xalqaro aeroporti (9)

Muhim jihat: xalqaro yo‘lovchilarni eng ko‘p Dubay, Londona, Amsterdam, Parij va Singapur aeroportlari qabul qilgan. AQShning bironta aeroporti xalqaro o‘nlikka kirmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring