Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng toza shahar aniqlandi

Dunyodagi eng toza shahar aniqlandi

Krakov — Polshaning sobiq poytaxti.

Foto: LOT Polish Airlines

Radical Storage kompaniyasi sayyohlar qoldirgan baholarga asoslanib, dunyoning eng toza shaharlari reytingini tuzdi.

Unga ko‘ra, Polshaning ikkinchi yirik shahri Krakovni turistlar eng toza va shinam shahar deya e’tirof etishdi. Krakov sayyohlarning 98,5 foizida ajoyib taassurotlar qoldirdi. E’tiborli jihati, Polsha poytaxti Varshava ham toza shaharlar yetakchi beshligiga kirdi.

Eng toza shaharlar (top-10):

  1. Krakov, Polsha (98,5 foiz);
  2. Sharja, BAA (98,0 foiz);
  3. Singapur (97,9 foiz);
  4. Varshava, Polsha (97,8 foiz);
  5. Doha, Qatar (97,4 foiz).
  6. Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni (96,9 foiz);
  7. Praga, Chexiya (96,4 foiz);
  8. Maskat, O‘mon (96,4 foiz);
  9. Dubay, BAA (96,3 foiz);
  10. Fukuoka, Yaponiya (96,3 foiz).

Avvalroq Radical Storage kompaniyasi dunyoning eng ifloslangan sayyohlik shaharlari antireytingini e’lon qilgandi. Ushbu ro‘yxatni Budapesht, Rim va Las-Vegas boshqarmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring