Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng «yaxshi» va «yomon» milliy taomlari aniqlandi

Dunyoning eng «yaxshi» va «yomon» milliy taomlari aniqlandi

Foto: Getty Images

World Population Review portali dunyoning eng «yaxshi» va «yomon» milliy taomlarini aniqladi. 2025-yil uchun tuzilgan reytingga 99 mamlakat kiritildi, unda O‘zbekiston yo‘q.

Reyting milliy taomlarga berilgan taxminan 400 mingta sharh asosida tuzilgan. Har bir mamlakat nuldan besh ballgacha shkala bo‘yicha baholandi.

Gretsiya oshxonasi dunyoda eng yaxshi deb topildi (4,6 ball), ta’kidlanishicha, ushbu mamlakatning milliy taomlarini tayyorlash oson va ular sarxil mahsulotlarga boy.

Manba: World Population Review 

Kuchli o‘nlikdan (top-10) Italiya, Meksika, Turkiya, Ispaniya, Portugaliya, Indoneziya, Fransiya, Yaponiya va Xitoy joy oldi. Gruziya — 30-pog‘onada, Rossiya — 34-o‘rinda.

Albaniya, Nigeriya, Boliviya, Laos va Nikaragua milliy taomlari eng past ball oldi. Qozog‘iston va Armaniston 3,9 ball bilan ulardan biroz yuqoriroqdan joy oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring