Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekzitpol: Qozog‘istonliklar AES qurilishiga «ha» dedimi yoki «yo‘q»?

Ekzitpol: Qozog‘istonliklar AES qurilishiga «ha» dedimi yoki «yo‘q»?

Foto: Xabar.uzf

Qozog‘istonda 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha referendum yuzasidan ekzitpol natijalari e’lon qilindi.

Ostona kompleks ijtimoiy tadqiqotlar instituti o‘rganishlariga ko‘ra,  69,8 foiz qozog‘istonlik AES qurilishini yoqlab ovoz bergan, 30,2 foizi unga qarshi chiqqan.

Yevroosiyo integratsiya instituti so‘rovida yoqlovchilar va qarshilar nisbati 71,8 foizga 28,2 foizni tashkil etgan.

Jamoat siyosati instituti ekzitpoliga ko‘ra esa, referendumning 72,3 ishtirokchisi atom energetikasi uchun ovoz bergan, 27,7 foizi esa bu tashabbusni dastaklamagan.

Ma’lumot o‘rnida, ekzitpol (exit poll) jahon amaliyotida keng qo‘llanuvchi ijtimoiy so‘rov turidir. Bunda ijtimoiy tadqiqot xizmatlari xodimlari saylov uchastkasidan chiqayotgan fuqarolarni savolga tutgan holda umumiy kayfiyatini aniqlaydi. 

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘istonda kecha bo‘lib o‘tgan referendumda fuqarolar «Siz Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishiga rozimisiz?» degan savolga javob qaytardi.

Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ovoz berish uchun 12 million 244 ming 683 nafar fuqaroni ro‘yxatga olgan.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ovoz berish huquqiga ega 7 820 918 nafar qozog‘istonlik (elektoratning 63,87 foizi) konstitutsiyaviy huquqidan foydalandi.

Referendumning yakuniy natijalari 7 kun ichida e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring