Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng tez uchuvchi dron Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

Eng tez uchuvchi dron Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

Janubiy Afrikaning G‘arbiy Keyp provinsiyasida yashovchi Lyuk Bell va uning otasi Mayk dunyodagi eng tez, soatiga 480 kilometr tezlikka erisha oladigan dronni yaratdi. Uning korpusi uglerod tolasidan tayyorlangan, qismlari esa 3 D formatda ishlaydi. 

Dron akkumulyatorli masofadan boshqariladigan (RC) kvadrokopter tezligi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Jahon rekordi sifatida sertifikatga ega bo‘lish uchun uchuvchisiz havo qurilmasi qarama-qarshi yo‘nalishda ikkita parvozni muvaffaqiyatli bajarishi kerak edi.

Maksimal tezlik soatiga 510 kilometrda qayd etilgan - dron soniyasiga 142 metr tezlikda ucha oladi.

Loyihani ishlab chiqish va uni osmonga ko‘tarish uchun bir necha oy kerak bo‘ldi. Dron Peregreen 2 nomini oldi. Bungacha havaskor muhandislar Peregreen’ni yaratgandilar, u soatiga 397 kilometr tezlikka erishdi, biroq bu rekord deb tan olinmadi. Shundan so‘ng muhandislar dronni modernizatsiya qilishga qaror qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring