«Yer go‘zali» tanlovi g‘olibi e’lon qilindi
«Yer go‘zali-2024» tanlovida avstraliyalik Jessika Leyn g‘olib chiqdi.
Taqdirlash marosimi Filippinda bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilar natijalarni Facebook tarmog‘idagi sahifalarida taqdim etdi.
Avstraliya vakili birinchi marta Miss Earth unvonini oldi. «Yer go‘zali – havo», «Yer go‘zali – suv» va «Yer go‘zali – olov» unvonlarini Islandiya, AQSh va Peru vakillari qo‘lga kiritdi.
Jessica Leyn 21 yoshda. U o‘zini ekolog sifatida tavsiflaydi va jurnalistika bo‘yicha oliy ma’lumot oladi. Atrof-muhit bo‘yicha jurnalist bo‘lishni rejalashtirmoqda.
Miss Earth tanlovi 2001-yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi. Miss Universe, Miss World va Miss International bilan birga to‘rtta asosiy go‘zallik tanlovlaridan biri sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter