Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron elchisi: oliy rahbar Rossiyada emas

Eron elchisi: oliy rahbar Rossiyada emas

Eronning Moskvadagi elchisi Kazem Jaloliy yangi oliy rahbar Mujtabo Homanaiy Rossiyada davolanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi ma’lumotlar «psixologik urush»ning bir qismi hisoblanadi. Diplomatning ta’kidlashicha, Eron rahbarlari yashirinib yurmaydi va xalq bilan birga bo‘ladi.

Avvalroq Kuvaytning Al-Jarida nashri Homanaiy jarohatlangani va davolanish uchun Moskvaga olib ketilgani haqida xabar bergan edi. Kreml esa bu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortgan.

Ayni paytda, Mujtabo Homanaiy 8-mart kuni lavozimga tayinlanganidan beri omma oldida ko‘rinish bermagan. Uning 12-martdagi ilk murojaati davlat televideniyesi orqali o‘qib eshittirilgan

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi esa oldinroq Homanaiyning sog‘ligi yaxshi ekani va mamlakatdagi vaziyat to‘liq nazoratda ekanini bildirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring