Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi — Reuters
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qatnovchi kemalar uchun yopgani haqida xabar berildi. Bu dunyodagi eng muhim neft tashish yo‘nalishlaridan biridir.
Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar harakatini to‘xtatganini bildirdi. Reuters agentligining xabar berishicha, IIQK radioaloqa orqali «biron-bir kemaning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishiga ruxsat berilmasligi» haqida ogohlantirmoqda.

Agentlik suhbatdoshining qayd etishicha, Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilgani haqida hali rasman e’lon qilmagan.
Fors ko‘rfazidan neft tashuvchi tankerlar aynan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. Eron hukumati dunyodagi jami neft tashish hajmining uchdan bir qismi o‘tadigan ushbu bo‘g‘ozni yopib qo‘yishi haqida bir necha bor tahdid qilgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter