Eron oliy rahbari AQSh hujumining oqibatlari haqida ogohlantirdi
Eronning oliy rahbari Oyatullo Ali Xomanaiy AQSh tomonidan qilingan har qanday hujum mintaqaviy mojaroni qo‘zg‘atishini bildirdi.
«Amerikaliklar bilishlari kerak: agar ular hujumni boshlasa, bu safar urush mintaqaviy tus oladi», — deya Xomanaiy so‘zlarini keltirdi Tasnim agentligi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy dasturi va namoyishlarni shafqatsiz bostirishi sabab bir necha bor vaziyatga aralashuv bilan tahdid qilgan. Avvalroq u Eron bilan «jiddiy» muzokaralar olib borilayotganini va «maqbul» kelishuvga erishish umidini bildirgandi. Shu bilan birga, AQShning ko‘plab "juda kuchli" kemalari Eronga yo‘l olayotganini aytgandi.
«[Трамп] doim kemalarni olib kelganini aytadi… Eron xalqi bunday narsalardan qo‘rqmaydi», — dedi Xomanaiy yakshanba kuni qilgan chiqishida.
Eron ham Ormuz bo‘g‘ozida ikki kunlik jangovor o‘q otishlar bilan harbiy-dengiz mashqlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Ushbu bo‘g‘oz dunyodagi eng muhim dengiz yo‘llaridan biri bo‘lib, energiya tashuvchilarni yetkazib berishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jahon neft savdosining taxminan beshdan bir qismi shu suv yo‘li orqali o‘tadi. Avvalroq Eron o‘ziga hujum qilinsa, bo‘g‘ozni yopish bilan tahdid qilgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter