Eron va Isroil bir-birini bombardimon qildi, jabrlangan Suriya (video)

Suriyada joylashgan Eron harbiylari 10-may, payshanbaga o‘tar kechasi Isroilning G‘olan tepaliklariga 20 ta raketa zarbasini yo‘lladi. Bu haqda «Daily Mail» nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir nechta ballistik raketa parvozi muvaffaqiyatsiz chiqqan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar aniqlanmoqda.
Bundan tashqari, Isroil armiyasi mudofaa vaziri matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Isroil hukumati ushbu voqeani «Eronning hujumi» sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, «Al Mayadeen» telekanalining xabariga ko‘ra, Suriyaning Xan-Arnaba tumanidagi Suriya qo‘shinlari ham aviazarbaga uchragan. «Isroil harbiy havo kuchlari Suriyaning Xan-Arnaba tumanini bombardimon qildi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter