Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron vitse-prezidentining rafiqasi YTHda halok bo‘ldi

Eron vitse-prezidentining rafiqasi YTHda halok bo‘ldi

Foto: Global Look Press/Sha Dati

Eron vitse-prezidenti Ismoil Sahob Isfahoniyning rafiqasi 30-noyabr kuni Garmsar – Tehron yo‘lidagi YTHda halok bo‘ldi, deb xabar berdi IRNA.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, baxtsiz hodisa Eron poytaxtidan 150 km sharqda yuz bergan — vitse-prezidentning rafiqasi va oila a’zolari bo‘lgan yengil mashina yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Simnon shahridagi tibbiy fanlar va sog‘liqni saqlash universiteti vakili bayonotiga ko‘ra, marhumning uch nafar farzandi va qaynotasi shifoxonaga yotqizilib, birlamchi tibbiy yordamdan so‘ng Tehronga jo‘natilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring