Erondagi isyonlarda halok bo‘lganlar soni uch mingdan oshdi
Erondagi isyonlarda halok bo‘lganlar soni 3 ming nafardan oshdi. Bu haqda HRANA huquqni himoya qilish tashkilotiga asoslanib Reuters xabar berdi.
Repressiyalar sababli isyonlar hozirga kelib deyarli bostirilgan, hibsga olishlar davom etmoqda. Jami 3 090 kishi halok bo‘lgan, shundan 2 885 nafari isyonchilar, deyiladi xabarda.
Agentlikka bog‘langan bir necha guvohning aytishicha, so‘nggi to‘rt kun davomida Tehronda nisbatan tinchlik hukm surdi. Poytaxt uzra dronlar uchib o‘tgan, ammo payshanba va juma kunlari yirik norozilik namoyishlari alomatlari kuzatilmadi.
Kaspiy dengizi bo‘yidagi shaharlardan birida yashovchi fuqaro guvohlik berishicha, bu yerdagi ko‘chalar ham tinchlanib qolgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter