Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Yevropa Ittifoqi erkinlik uchun kurashmoqda” – Ursula fon der Lyayen

“Yevropa Ittifoqi erkinlik uchun kurashmoqda” – Ursula fon der Lyayen

Foto: Yevropa Komissiyasi

Dunyo bo‘ylab beqarorliklar avj olgan bir vaqtda Yevropa Ittifoqi bo‘ron tinishini xotirjam kuta olmaydi. Bu haqda Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen 10 sentyabr kuni YeIning holatiga doir dasturiy ma’ruzasida ta’kidladi.

Yevropa kurashmoqda. Bu kurash qit’aning yaxlitligi va tinchligi uchun, erkin va mustaqil Yevropa uchun, bizning qadriyatlarimiz va demokratiyamiz uchun, erkinligimiz va o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash huquqimiz uchun kechmoqda. Chalkashtirmaylik, bu bizning kelajagimiz uchun kurashdir”, – dedi YeK prezidenti.

Yevropa Ittifoqi mohiyat e’tiboriga ko‘ra tinchlik loyihasi ekanini urg‘ulagan Ursula fon der Lyayenzamonaviy dunyo xatolarni kechirmasligini ham ta’kidladi.

Yevropaliklar har kuni boshdan kechirayotgan mashaqqatlarni xaspo‘shlashga haqimiz yo‘q. Ular oyoqlari ostida yer qanday harakat qilayotganiniteran his etmoqdalar. Ular astoydil mehnat qilsalar-da, bari murakkablashib borayotganini sezmoqdalar. Ular dunyo inqirozini, hayot kechirish qiymati oshib borayotganini ko‘rmoqdalar. Ular shiddatli o‘zgarishlar hayotlari va ish faoliyatlariga qanday ta’sir etayotganini yurakdan o‘tkazmoqdalar, dedi YeK rahbari.  

Siyosiy yetakchi dunyoda imperiyachilik ambitsiyalari avj olgan hozirgi pallada Yevropaning mustaqilligini saqlab qolish o‘ta muhim ekanini qayd etdi.

Ayni vaqtda kuchga asoslangan yangi dunyo tartibi uchun front liniyalari chizilmoqda. Shu bois ham Yevropa dunyodagi o‘rni uchun kurashmog‘i shart.Chunki yirik siyosiy kuchlar goh yashirin, goh ochiq tarzda Yevropaga dushmanlarcha munosabat ko‘rsatmoqda. Dunyo imperiyachilik da’volari va imperiyachilik urushlariga shohid bo‘lmoqda. Jahonda tobelik shafqatsiz ravishda qurolga aylantirilmoqda. Shu kabi sabablarga ko‘ra yangi Yevropa shakllanmog‘i darkor”, – dedi Ursula fon der Lyayen.

YeK prezidenti o‘z nutqi mobaynida Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini adolatli tarzda, mustahkam tinchlikka tayangan holda tugatish, G‘azodagi halokatli vaziyatga, ochlik va o‘limlarga barham berish lozimligini ta’kidlagan.

Shuningdek, YeI mudofaa salohiyatini kuchaytirish, raqamli va yashil texnologiyalarni rivojlantirish, yagona bozorni takomillashtirish,  atrof-muhit tozaligini muhofaza etish, global miqyosda qashshoqlikka qarshi kurash, demokratik qadriyatlar, so‘z va matbuot erkinligini himoya qilish kabi yo‘nalishlardagi vazifalarga ham to‘xtalgan.  

Notiq o‘z ma’ruzasi davomida YeIni birlik va yakdillikka da’vat etar ekan, Yevropa davlatlari pandemiya va undan keyingi sinovli davrda, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, energetik xavfsizlikni ta’minlash, mudofaa salohiyatini oshirish masalalarida birdamlik namunasini ko‘rsata olganini yodga olgan.

Ma’lumot o‘rnida: an’anaviy ravishda YeK prezidenti tomonidan so‘zlanadigan YeIdagi holatga doir ma’ruzada (State of the European Union) kelgusi yil uchun ustuvor yo‘nalishlarbelgilanadi. Shuningdek, iqtisodiyot va iqlim masalalaridan tortib xavfsizlik va raqamli transformatsiyagacha bo‘lgan eng dolzarb muammolar yoritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring