Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eynshteynning mashhur formula yozilgan xati auksionda sotildi

Eynshteynning mashhur formula yozilgan xati auksionda sotildi

Foto: «Deseret News»

Mashhur fizik olim Albert Eynshteyn o‘z qo‘li bilan yozgan xat (unda E=mc2 formulasi ta’riflangan) Boston (AQSh)dagi «RR Auction» kimoshdi savdolarida 1,2 million dollardan qimmatroqqa sotildi.

Ma’lum qilinishicha, xatning boshlang‘ich narxi 400 ming dollar atrofida bo‘lgan.

Massa va energiya ekvivalentligini ifodalovchi E=mc2 formulasi eng mashhur fizik formulalardan sanaladi.

Foto: «RR Auction»

Auksionlar uyi ma’lumotiga ko‘ra, Eynshteyn qo‘li bilan yozilgan formulaning to‘rt nusxasi ma’lum. Ushbu sotilgan xat esa keng omma e’tiboriga birinchi marta havola etildi. Uni kim sotib olgani ma’lum qilinmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring