Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filippinda to‘fon: 13 kishi qurbon bo‘lgani aytilmoqda

Filippinda to‘fon: 13 kishi qurbon bo‘lgani aytilmoqda

Filippinda «Tisoy» to‘fonidan halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi deya xabar bermoqda RIA «Novosti» agentligi.

3-dekabr kuni 9 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgandi. 

Mahalliy politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar Bikol, Luson va Keson provinsiyalarida ko‘zatilgan.

2-dekabr kuni kechasi «Tisoy» to‘foni Sorsogon provinsiyasidadan Filippinga kirib kelib poytaxt Manila shahriga kuchli yomg‘irlarni olib kelgan.

Hukumat favqulotda holat yuzasidan minglab fuqarolarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilmoqda.

To‘fon mamlakat hududini payshanba kuni tark etishi taxmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring