Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya Falastinni qo‘llovchi har qanday namoyishni taqiqladi

Fransiya Falastinni qo‘llovchi har qanday namoyishni taqiqladi

Fransiya G‘azo sektoridagi vaziyat ortidan falastinliklarni qo‘llab-quvvatlovchi har qanday namoyishlarni taqiqlashini e’lon qildi.

Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin mintaqaviy prefektlarga yo‘llagan ko‘rsatmasida namoyishlar «jamoat tartibini buzishga olib kelishi mumkinligi va ularning tashkilotchilari hibsga olinish xavfi borligi»ni aytdi.

Oxirgi kunlarda Fransiyada, shuningdek, boshqa qator Yevropa davlatlarida Falastin tarafdorlarining Isroilni qoralovchi namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Payshanba kuni shahar meriyasi tomonidan ilgari qo‘yilgan taqiqga qaramay, xuddi shunday namoyish Parijda ham o‘tkazildi. 

Eslatib o‘tamiz, 7-oktyabr kuni HAMASning hujumi ortidan boshlangan hujum, Isroilning G‘azo sektorini bombalashishiga olib keldi. 

G‘azo tomoniga ko‘ra, hozirga qadar 1,5 mingga yaqin kishi harbiy zarbalar oqibatida halok bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring