Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azoda «Al-Jazira» jurnalistlari o‘ldirildi

G‘azoda «Al-Jazira» jurnalistlari o‘ldirildi

«Al-Jazira» telekanali muxbiri Ismoil va operator Rami G‘azo sektoridagi Shati qochqinlar lagerida Isroil armiyasi avtomobili tomonidan uyushtirilgan hujumda halok bo‘ldi.

Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil hujumida «Al-Jazira» muxbiri va operator halok bo‘lgan.

Shu tarzda, Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan jurnalistlar soni 165 nafarga yetdi.

Bayonotda xalqaro hamjamiyat va tashkilotlardan Isroil jinoyatlarini xalqaro sudlarda ko‘rish va jurnalistlarga qarshi hujumlarni to‘xtatish uchun bosim o‘tkazish so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring