Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniya Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishni keskin qisqartirgan

Germaniya Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishni keskin qisqartirgan

Germaniya Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishni o‘tgan yilga nisbatan keskin kamaytirgan va mart oyidan buyon esa umuman eksport qilmagan.

Bu haqda Reuters agentligi mamlakat iqtisodiyot vazirligidagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi qurol-yarog‘ eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan, joriy yilning avgust oyi holatiga, 326 million yevrodan 14,5 million yevrogacha qisqargan.

O‘tgan yilning oktyabrida, ya’ni Isroil va XAMAS o‘rtasida urush boshlanganida Germaniya Isroilga umumiy qiymati 326 million yevrolik qurol-yarog‘ yetkazib bergan.

Biroq, Isroilning Shomrim tadqiqot nashri xabar berishicha, bu hajmdagi yordam 2024 yilning boshidan buyon takrorlanmadi.

Shols avvalroq Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishda davom etadimi, degan savolga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lgan. Iyul oyining oxirida esa u Xalqaro sudning Isroilni Falastin hududlaridagi xatti-harakatlari bilan xalqaro huquqni buzgan deb topganiga doir qaroriga nisbatan, Germaniya hali Isroilni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilmaganini aytgan edi.

Berlinda o‘tgan yozgi matbuot anjumanida esa Olaf Shols qurol eksporti bo‘yicha har bir ariza alohida ko‘rib chiqilishini bildirgan edi.

Ma’lumot o‘rnida keltirilishicha, mamlakat qurol eksportiga doir masalalar kansler Olaf Shols raisligida Germaniya Federal xavfsizlik kengashida o‘tadigan yashirin yig‘ilishlarda muhokama qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring