Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Giyohvand, milliarder va yarador askar: Gitler haqida tadqiqotlar nima deydi?

Giyohvand, milliarder va yarador askar: Gitler haqida tadqiqotlar nima deydi?

Foto: «Flipboard.com»

Adolf Gitler haqida ko‘p va xo‘p yozilgan. Uning vahshiyliklari va qilmishlari haqida tadqiqotlar olib borilgan, kitoblar nashr etilgan. Quyida fyurerning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan ayrim qirralari xususida so‘z yuritamiz.

Fyurerning ilk familiyasi Gitler bo‘lmagan

Adolf Gitlerning bolalikdagi ismi-sharifi Adolf Shiklgruber edi. Uning otasi Alois Shiklgruber bo‘lgan. U 40 yoshga to‘lganida o‘zining o‘gay otasi Iogann Jeorj Gitlerning familiyasini qabul qilishga qaror qilgan. Adolf 1903-yilda vafot etgan otasi bilan murakkab munosabatda bo‘lgan. Gitlerning hayotidagi eng qayg‘uli onlari sifatida 1907-yilda onasining ko‘krak bezi saratonidan vafot etgani tilga olinadi. Manbalarga qaraganda, Adolf Gitler onasini haddan tashqari yaxshi ko‘rgan va bu ayriliqdan so‘ng unda fashistik g‘oyalar tug‘ilgan.

Birinchi jahon urushidagi oddiy askar

Umrining so‘ngiga qadar Gitler Birinchi Jahon urushidagi xizmatlari uchun berilgan «Temir xoch» birinchi toifasidagi medalni taqib yurgan. U Sommedagi birinchi jangda yaralangan bo‘lsa-da (1916), yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarda Gitlerning urushdagi ishtiroki bo‘yicha dalillar chalkashib ketgani aytiladi. Bundan tashqari, Gitlerning 1918-yilda xantal-gaz xuruji paytida jiddiy jabrlangani haqida ma’lumotlar bor.

«Mayn Kampf» — taqiqdagi bestseller asar

1924-yilda qamoqqa tushgan Gitler keyinchalik dunyodagi eng xavfli kitoblardan biri deb hisoblanadigan asarini yozishni boshladi. Dastlab ikki jildda (1925, 1927) nashr etilgan «Mayn Kampf»da (Mening kurashim) Gitler o‘z hayotini yozib, irqchilik mafkurasini namoyish etadi. Venada yashab yurgan paytida «mutaassib antisemit»ga aylanganini da’vo qilinadi.

Dastlab u katta muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lsa-da, «Mayn Kampf»ning mashhurligi Gitler va natsistlar hukmronligi vaqtida o‘sdi. Gitler vafotidan so‘ng asar Germaniyada va boshqa mamlakatlarda taqiqlandi. Mualliflik huquqiga ega bo‘lgan Germaniyaning Bavariya shtati boshqalarga nashr huquqini berishdan bosh tortdi. 2016 yilda asarning mualliflik huquqi tugaganidan keyin u jamoat mulkiga aylandi.

1939-yilga kelib «Mayn Kampf» o‘n bitta tilda 5,2 million nusxada sotilgan. Urushning oxiriga kelib kitobning 10 million nusxasi tarqalgan.

Reyxstag yong‘ini va fyurerning qudratga kelishi

Gitler 1933-yil yanvarida Germaniyaning kansleri etib tayinlandi. U yanada kuchliroq bo‘lishga intildi va buning uchun hatto Germaniya parlament binosini yoqib yubordi. Gitler bu ishi orqali o‘z vakolatini mustahkamlashni ko‘zda tutgan, deyiladi. 1933-yil 23-martda Reyxstag Gitler diktaturasini sanksiyalashga qodir bo‘lgan qarorni qabul qildi. 1934-yil avgustda nemis xalqi Gitlerga to‘liq vakolat berish uchun ovoz berib, kansler va prezident lavozimlarini birlashtirdi. Shu orqali «Führer und Reichskanzler» (Rahbar va kansler) lavozimi joriy qilindi.

Gitler yaxshigina san’atshunos bo‘lishi mumkin edi…

Gitler rassom bo‘lishni istagan, ammo bunga erishgan emas. Bu uning keyingi hayotidagi natsistik kayfiyatiga hissa qo‘shgan. Gitler Vena tasviriy san’at akademiyasiga o‘qishga kira olmagan. O‘zi chizgan suratlarni sotolmay qashshoqlikda yashagan. Fyurer bo‘lganidan keyin esa san’atga bo‘lgan qiziqishi yanada kuchaygan. Gitler antik davr ijodini ma’qullagan bo‘lsa-da, u impressionizm, kubizm va dada kabi zamonaviy harakatlarni juda tanqid qilgan. Uning davrida Paul Kleye, Pablo Pikasso, Vilgelm Lembruk va Emil Noldening zamonaviy asarlari katta ko‘rgazmalarda namoyish etilgandi ham.

Bir so‘z bilan aytganda, Gitler yaxshi san’atshunos bo‘lishi mumkin edi…

Sog‘lom turmush tarziga amal qiladigan «giyohvand» Gitler

Gitler tamaki iste’mol qilmagan va vegetarian bo‘lgan. Biroq uning sog‘lom turmush tarzini narkotik moddalar iste’moli buzib turgan. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, 1941-yilda uning shaxsiy shifokori Teodor Morell unga turli xil dorilarni, shu jumladan, oksikodon, metamfetamin, morfin va hattoki kokainni yuborishni boshladi. Darhaqiqat, giyohvand moddalarni iste’mol qilish fashistlar partiyasi a’zolari o‘rtasida keng tarqalgan va askarlar ko‘pincha jangdan oldin narkotik moddalarni iste’mol qilgan.

Gitler – milliarder

Yoshlikdagi qashshoqlik Gitlerni boylik to‘plashga undagan. Uning boyligi hukumat pullarini o‘zlashtirish va korporatsiyalardan «xayriya» mablag‘larini qabul qilish orqali ortib borgan. Kansler bo‘lgach, yangi turmush qurganlarga «Mayn Kampf» kitobini sotib olishni majburiy qilib qo‘ygan. Bu esa kitobdan Gitler uchun katta gonorar berilishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, u daromad solig‘ini to‘lashdan bosh tortdi. Gitler taxminan 5 milliard dollarlik mulkka egalik qilgan. Shuningdek, u san’at kolleksiyasini to‘plash, chiroyli buyumlar sotib olish kabi mashg‘ulotlarga ruju qo‘ygan. Urushdan keyin uning mol-mulki Bavariya hokimiyatiga berilgan.

Nobel mukofotiga oid janjal

1936-yilda Gitlerning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan nemis jurnalisti Karl fon Ossitskiy 1935-yilgi tinchlik mukofoti g‘olibi, deb topildi. Bu imo-ishora natsizmni qoralash va Germaniyani «haqorat qilish» sifatida qaraldi. Natijada Gitler barcha nemislarga Nobel mukofotini qabul qilishni taqiqlab, alternativ sifatida Germaniyaning San’at va fan bo‘yicha milliy mukofotini yaratdi. Keyinchalik Uchinchi Reyx davrida Nobellarni qo‘lga kiritgan uchta nemis diplom va medallarni olgan bo‘lsa ham, mukofotlaridan voz kechishga majbur bo‘ldi.

1939-yilda Nobel ta’sis kengashi Gitlerni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi. Garchi u buni hazil sifatida maqsad qilgan bo‘lsa-da, ba’zilar buni jiddiy talqin qiladilar. Bu shov-shuvga sabab bo‘ldi va nominatsiya tezda qaytarib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring