Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Global qarz miqdori rekord darajada ko‘paydi

Global qarz miqdori rekord darajada ko‘paydi

Illyustrativ foto

O‘tgan 2020-yilda global qarz miqdori rekord darajaga ko‘tarilib, 281 trln dollarni tashkil etgan. «Izvestiya» ma’lumotiga ko‘ra, ushbu qarz miqdori jahon iqtisodiyotiga nisbatan 3,5 baravar ko‘p.

2020-yilda qarzdorlik 24 trln dollarga oshgan. Ushbu miqdor dunyo bo‘yicha rekord darajaga ko‘tarilgan.  Masalan, 2019-yilga kelib global qarzdorlik 10,8 trillion dollarga, 2018 yilda esa atigi 3,3 trillionga o‘sgan xolos.

Ushbu miqdorning qariyb yarmi AQSh, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreyaga zimmasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu davlatlar COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashga sarflangan mablag‘ tufayli o‘zlarini qarzga botirganlar.

«Jahon iqtisodiyoti kelajakda qanday yo‘l bilan bu qadar katta miqdordagi qarz mablag‘larini iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan kamaytirishini tushunib bo‘lmaydi», — deyiladi Xalqaro moliya instituti hisobotida.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining boshida Yevropa Markaziy banki  prezidenti Kristin Lagard yozga kelib Yevrohududning tiklanishi tezlashishini bashorat qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring