Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Guruch o‘yini»: Xitoy AQShga yon berdimi?

«Guruch o‘yini»: Xitoy AQShga yon berdimi?

Foto: «Reuters»

Xitoy o‘z tarixida ilk marotaba AQShdan guruch import qilinishiga ruxsat berdi. Guruch Vashington bilan boshi berk ko‘chaga kirib qolgan oldi-berdilar muammosini yechishda «kalit» vazifasini o‘tashiga xitoyliklar umid qilishmoqda, deyiladi «Reuters» xabarida.

Doim yopiq bo‘lgan Xitoy guruch bozori 2001-yili u Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lganidan so‘ng import uchun ochildi, biroq ikki o‘rtada fitosanitariya shartnomasi yo‘qligi bois AQSh o‘z guruchini bu mamlakatga sota olmayotgandi. Eng qizig‘i, bir gramm ham guruchi kiritilmayotgan AQSh mahsulotiga Xitoy 25 foizlik boj joriy etgandi.

Xitoy «osonlikcha jon beradiganlar» sirasidan emas, ta’kidlanadiki, Amerika guruchi na narx, na sifat bobida Janubiy Osiyodan keltirilayotgan guruchlarga raqobatchi bo‘la oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring