Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hataydagi vayronalar orasidan 20 kunlik chaqaloq qutqarib olindi (video, foto)

Hataydagi vayronalar orasidan 20 kunlik chaqaloq qutqarib olindi (video, foto)

Turkiyada ro‘y bergan zilziladan so‘ng vayronalar orasidan odamlarni qidirish-qutqarish ishlari davom etmoqda.

Tabiiy ofatdan so‘ng necha soatlar, sutkalar o‘tdi, tiriklar topilaverarkan — odamlarning qalblarida ishonch so‘nmaydi.

Hatay viloyatida vayronalar orasidan 20 kunlik chaqaloq Karimning tirik topilishi — haqiqiy mo‘jiza. Naq uch sutka xarobalar orasida, och, sovuqda jon saqlagan.

Chaqaloqni olib chiqqan qutqaruvchilar darhol uni isitib, yangi kiyimlar kiydirishdi.

Karimning holati qoniqarli ekani aytilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring