Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hayvonot bog‘idagi yirtqichlar katagidan avval poyabzal, so‘ngra jasad topildi

Hayvonot bog‘idagi yirtqichlar katagidan avval poyabzal, so‘ngra jasad topildi

foto: 120.su

Pokistondagi «Sherbagh Zoo» hayvonot bog‘i xodimlari yo‘lbarslar va qoplonlar yashaydigan joyni tozalayotganlarida hayvonlarning biri oyoq kiyim g‘ajiyotganini ko‘rib qolishdi. Ishchilarni dahshatli xayollar chulg‘adi. Eng qorong‘u shubhalar bilan ular hududni ko‘zdan kechirib, tezda yirtqichlar tomonidan o‘ldirilgan noma’lum odamning jasadini topdilar.

Notanish shaxsning o‘limi yuzasidan tergov boshlangan. Ayni paytda qurbonning shaxsi aniqlanmoqda, hayvonlar bilan bu taxlit uchrashish sabablari qidirilmoqda. Erkak ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan bo‘lishi mumkin degan taxminlar ham mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring