Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston Rossiya neftidan voz kechish uchun AQShga shart qo‘ydi

Hindiston Rossiya neftidan voz kechish uchun AQShga shart qo‘ydi

Hindiston AQShga Rossiya neftidan voz kechish shartini aytdi. Buning uchun Eron va Venesueladan neft yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish kerak, deya yozadi Bloomberg.

Vashingtonda bo‘lib o‘tgan savdo muzokaralari chog‘ida Hindiston delegatsiyasi bir vaqtning o‘zida jahon yoqilg‘i bozorida muhim o‘rinlarni egallagan Rossiya, Eron va Venesuela neftidan voz kechish neft va neft mahsulotlari narxining keskin oshishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Hindiston rasmiylariga ko‘ra, Eron va Venesuelaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish Oq Uyning Rossiya neftidan voz kechish talablarini qondirish uchun zaruriy shartdir. 

Avgust oyida Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan xomashyo sotib olgani uchun Hindiston tovarlariga qo‘shimcha 25 foizlik boj joriy qildi. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bu choralarni adolatsiz deb atadi.

Bosimlarga qaramay, mamlakat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya energiya ta’minotidan voz kechishni rejalashtirmagan. AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi davomida yana bu masalaga qaytdi va Hindiston va Xitoyni Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik tufayli Ukrainadagi harbiy harakatlarni moliyalashtirganlikda aybladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring