Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda biryo‘la uch xil «mog‘or» kasalligi aniqlandi

Hindistonda biryo‘la uch xil «mog‘or» kasalligi aniqlandi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtati shifokori bemorlarning birida birdaniga uch xil - sariq, qora va oq «mog‘or» kasalliklarini topdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, bemor ikki oy davomida koronavirus bilan davolangan, ammo to‘rt kun oldin yuzining bir tomoni shishib, burni qonay boshlangan. Tibbiy tekshiruvlar natijasida bemorda sariq zamburug‘ infeksiyasi borligi aniqlangan.

«Endoskopiya tekshiruvidan so‘ng bemorning uch xil - qora, oq va sariq zamburug‘lar bilan kasallanganligini aniqladik. Sariq zamburug‘ odatda sudralib yuruvchilarda uchraydi. Men bu kasallikni insonlarda birinchi marta topdim», — deydi  B.P.Tyagi.

Avvalroq Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi fonida mukormikoz yoki «qora mog‘or» va «oq mog‘or» kasalligi tarqalishi boshlangani haqida habar qilingan edi.

Hindistonning sharqiy qismidagi Bihar shtatida oq mog‘or infeksiyasi bilan bog‘liq to‘rtta holat qayd etilgani qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring