Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda «qora mog‘or» ortidan «oq mog‘or» paydo bo‘ldi: yanada xavfli

Hindistonda «qora mog‘or» ortidan «oq mog‘or» paydo bo‘ldi: yanada xavfli

Foto: Public Domain

Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi fonida mukormikoz yoki «qora mog‘or» kasalligi tarqalishi boshlangandi. Endi esa koronavirus bilan kasallanganlarga «oq mog‘or» xavf solmoqda, bu haqda Patna shahridagi tibbiyot kolleji mutaxassislari ogohlantirishmoqda.

Ma’lumot uchun: «qora mog‘or» — burun, ko‘z va nafas olish tizimiga ta’sir qiluvchi infeksiya. Kasallik burun bo‘shlig‘i va unga yondosh a’zolarda rivojlanib, tarqaladi. Bemorlar vaqtida davolanmasa to‘satdan o‘lim sodir bo‘lishi mumkin. Eng xavfli tomoni, «qora mog‘or»dan o‘lim darajasi koronavirusdan ko‘ra ancha ko‘p. Mutaxassislarga ko‘ra, ushbu kasallik asosan immuniteti past kishilarni nishonga oladi.


Mavzuga oid: Rossiyada xavfli «qora mog‘or» kasalligi qayd etildi


Xo‘sh, «oq mog‘or» nima unda?

Patnalik shifokorlarga ko‘ra, yuqorida tilga olingan tibbiyot kolleji shifoxonasida «oq mog‘or»ga chalingan to‘rt nafar bemor davolanyapti.

«Oq mog‘or» mukormikoz, ya’ni «qora»siga nisbatan xavfliroq, zamburug‘li yangi kasallik o‘pka, oshqozon, buyrak, miya hamda teri va tirnoqlarga o‘tkirroq ta’sir o‘tkazadi, deb yozmoqda «The Times of India».

«Oq mog‘or»ga chalinish xavfi yuqorilar: immuniteti past bo‘lganlar, COVID-19ga chalinganlar yoki uni boshdan o‘tkazganlar hamda qandli diabet kabi surunkali xastaliklari bor kishilar.

Shifokorlarga ko‘ra, «oq mog‘or» kuchayib ketsa, o‘limga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonning ikki shtatida ayni paytda «qora mog‘or» pandemiyasi e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring