Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistondagi saylovlarda Stalin g‘alaba qozondi

Hindistondagi saylovlarda Stalin g‘alaba qozondi

Foto: «India Today»

Hindiston janubidagi Tamilnad shtati saylovlarida Mutuvel Karunanidi Stalin katta farq bilan g‘alaba qozondi. «India Today» xabariga ko‘ra, 68 yoshli siyosatchi hududni boshqaradi.

Bo‘lajak siyosatchiga bu nomni otasi, shtatning sobiq bosh vaziri bergan. Stalin 1953-yilda Sobiq Ittifoq yetakchisi Iosif Stalin vafotidan bir necha oy oldin tug‘ilgan. Shunga qaramay, hindistonlik Stalin — qat’iy demokrat.

1989-yilda ismi tufayli hindistonlik Rossiyada noqulay vaziyatga tushib qolgan.

«Rossiya aeroportiga qo‘ngan zahotim ismimni so‘rashdi. «Stalin» desam, aeroportdagi odamlar menga tikilib qolishdi», — deydi siyosatchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring