Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hisobchining xatosi xodimni «millioner»ga aylantirdi — Chili

Hisobchining xatosi xodimni «millioner»ga aylantirdi — Chili

Illyustrativ foto

Chilida hisobchining xatosi xodimni «millioner»ga aylantirdi — u belgilanganidan 330 baravar ko‘p yoki 27 yillik maoshini bittada oldi. Daily Mirror nashrining yozishicha, uning hisobiga 500 ming peso o‘rniga 165 million peso (taxminan 180 ming dollar) kelib tushgan.

Voqea 2022-yilda Santyagoda yuz bergan. Consorcio Industrial de Alimentos (CIAL) kompaniyasi xodimi dastlab katta miqdordagi mablag‘ tushgani haqida rahbariyatga xabar berib, pullarni qaytarishni va’da qilgan.

Biroq bir necha kundan so‘ng u ishga kelishni to‘xtatib, qo‘ng‘iroqlarga javob bermay qo‘ygan. Keyinroq esa advokati orqali o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shaganini ma’lum qildi.

Kompaniya zudlik bilan politsiyaga murojaat qilib, xodimni o‘g‘irlikda aybladi. Advokatlar esa mablag‘ to‘lov tizimiga hech qanday ta’sir o‘tkazilmagan holda, faqatgina kompaniyaning xatosi bilan kelib tushganini ta’kidlashdi.

2025-yil sentyabrida bo‘lib o‘tgan sud xodimning foydasiga hukm chiqardi. Sud xulosasiga ko‘ra, holat o‘g‘irlik emas, balki «ruxsatsiz o‘zlashtirish» sifatida tasniflandi va buning uchun Chili qonunchiligida jinoiy jazo ko‘zda tutilmagan.

Shunga qaramay, CIAL kompaniyasi pulni qaytarib olish uchun fuqarolik da’vosini qo‘zg‘atish va sud qarorini bekor qilishga urinib ko‘rishini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring