Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Husiylar rahbari Isroil borasida keskin bayonot berdi

Husiylar rahbari Isroil borasida keskin bayonot berdi

Mahdi al-Mashat.

Yamandagi husiylarning “Ansor Alloh” harakati Oliy siyosiy kengashi rahbari Mahdi al-Mashat Isroil uchun “qorong‘u kunlar” kelishini aytdi. U isroilliklar endi o‘zlarini hech qachon xavfsiz his etmasliklariga va’da berdi.

Al-Mashat barcha kompaniyalarni “kech bo‘lmasdan” yahudiy davlatini tark etishga chaqirdi. 

"Biz kurashni davom ettiramiz va chaqiriqlarga harakat bilan javob beramiz... Ozodlikning bahosi qondir. Biz fidoyi, sobit va itoatkor xalqmiz", - dedi al-Mashat, uning nutqi Al-Masirah telekanali orqali efirga uzatildi.

Telekanalning qayd etishicha, al-Mashat amalda Yamanning husiylar nazoratidagi hududlari prezidenti hisoblanadi. 

Husiylar yetakchisi bu haqda isyonchilar hukumati bosh vaziri Ahmad G‘aleb ar-Rahaviy o‘limidan so‘ng bayonot berdi. Rahaviy Isroilning ommaviy zarbasi natijasida vafot etgandi. Yamen Monitor nashri uning o‘limini husiylar uchun “jiddiy zarba” deb atadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring