Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Mask Oy va Marsda shaharlar qurmoqchi

Ilon Mask Oy va Marsda shaharlar qurmoqchi

SpaceX asoschisi, milliarder Ilon Mask yaqin o‘n yilliklarda Oy va Marsda «o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi» shaharlar qurishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Maskning X ijtimoiy tarmog‘idagi postiga ko‘ra, Oy loyihasi ustuvor vazifa hisoblanadi. Marsga parvozlar faqat har 26 oyda bir marta (sayyora Yerga eng yaqin kelganida) amalga oshirilishi mumkin bo‘lsa, Oyga har o‘n kunda bir marta parvoz qilish mumkin. Maskning fikricha, Oyga yetib borish uchun bor-yo‘g‘i ikki kun kifoya qiladi, Marsgacha esa yarim yil uchish kerak.

Oy loyihasi ilk natijalarini o‘n yil ichida ko‘rsatadi, Mars loyihasi esa kamida yigirma yildan keyin amalga oshadi, deb hisoblaydi u.

O‘z navbatida, NASA ham so‘nggi 50 yil ichida ilk bor insonlarni Oyga yuborishni rejalashtirmoqda. «Artemida» (Artemis) dasturining maqsadi — astronavtlarni Oyga qo‘ndirish va vaqt o‘tishi bilan u yerda doimiy bo‘lish imkoniyatini yaratishdir. Ushbu dastur doirasidagi ikkinchi parvoz bir necha bor qoldirildi va taxminlarga ko‘ra, 2026-yilning mart oyida raketaga start beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring