Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ishdagi ishq» filmi bosh qahramoni olamdan o‘tdi

«Ishdagi ishq» filmi bosh qahramoni olamdan o‘tdi

Rossiyalik taniqli aktyor Andrey Myagkov 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Chexov nomidagi Moskva badiiy teatriga asoslanib xabar berdi. 

O‘lim sababi va holatlari hozircha ma’lum qilinmagan. Aktyorni dafn etish sanasi va joyi ham noma’lum.

Myagkov 1938-yil 8-iyulda Leningrad(hozirgi Sankt-Peterburg shahri)da tug‘ilgan. 1960-yillarda u Moskva badiiy teatr maktabini tugatib, Sovremennik teatrida ish faoliyatini boshlagan. Myagkov 1965-yilda birinchi debyutini namoyish qilib, Elem Klimovning «Tish shifokorining sarguzashtlari» komediya filmida Alisa Freundlich bilan birga asosiy rolni o‘ynagan.

Myagkov rejissyor Eldar Ryazanov tomonidan suratga olingan «Taqdir hazili yohud qushdek yengil bo‘ling», «Ishdagi ishq» filmlaridagi asosiy roli bilan keng ommaga tanilgan. Shuningdek, u o‘zining «Garaj» va «Shafqatsiz ishq» filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar ko‘nglidan joy ola bilgan. Bundan tashqari, Myagkov «Turbinlar kunlari», «Deribasovskayada ob-havo yaxshi » yoki «Brayton sohilida yana yomg‘ir yog‘moqda», «Umid» va «Kumush karnay» kabi filmlarda rol o‘ynagan. Aktyor 1986-yilda RSFSR xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan. 2019-yil may oyida u III darajali Vatan uchun xizmatlari ordeni bilan taqdirlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring