Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ishdagi ishq» filmidagi bino arxitektura yodgorligi deb tan olindi

«Ishdagi ishq» filmidagi bino arxitektura yodgorligi deb tan olindi

Foto: «AiF»

Eldar Ryazanovning «Ishdagi ishq» filmi suratga olingan bino hududiy ahamiyatdagi madaniy yodgorlik ob’yekti deb tan olindi. Bu haqda «AiF»  xabar bermoqda.

Mazkur bino Moskvaning Petrovka ko‘chasida joylashgan.

«Aynan shu binoda «Ishdagi ishq» filmining qahramonlari Kalugina, Novoselsev va boshqalar ishlagan statistika tashkiloti joylashgan. Qizig‘i, aslida bu yerda bunday tashkilot hech qachon bo‘lmagan»,-deydi Madaniy yodgorliklar departamenti boshlig‘i Aleksey Yemelyanov.

Dastlab bu bino to‘rt qavatli bo‘lgan, 1931 yilda esa unga yana ikki bino qo‘shilgan.

Turli yillarda bu yerda Sog‘liqni saqlash Moskva bo‘limi, Daryo floti vazirligi bo‘lgan. Ayni damda ushbu binoning birinchi qavatida restoran, yuqori qavatlarida esa Dengiz va daryo floti federal agentligi joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring