Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniya Ukrainaga 2 mlrd yevro ajratdi

Ispaniya Ukrainaga 2 mlrd yevro ajratdi

Ispaniya Ukrainaga harbiy yordamni ham qo‘shib hisoblaganda taxminan 2 milliard yevro ajratdi

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

Janob Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, uch oy oldin Madridda islohot va modernizatsiya masalalarini hal qilish uchun Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha maxsus ofis tashkil etilgan. Noyabr oyida, Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng, Ispaniya bosh vaziri allaqachon Ukrainaga 615 million yevro ajratishga va’da bergan edi. 

O‘tgan hafta Yevropa Ittifoqi Kengashi Ukraina uchun «Ukraina mexanizmi» orqali yangi makromoliyaviy yordam paketini tasdiqladi.

Ajratilgan mablag‘lar 2,3 milliard yevroni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring