Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil bosh vazirining rafiqasi ukrain nonini yerga tashlab yubordi (video)

Isroil bosh vazirining rafiqasi ukrain nonini yerga tashlab yubordi (video)

Ukrainaga tashrif bilan kelgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning rafiqasi Sara Netanyaxu aeropotda mahalliy non (karavay)dan yeyishdan bosh tordi va uni yerga tashlab yubordi.

Holat videosi kameralarga muhrlangan.

Kadrdan ko‘rish mumkinki, Netanyaxularni Ukraina milliy liboslaridagi yigit va qizlar kutib olgan. Bosh vazir Netanyaxu odatga ko‘ra, non va tuzdan totib ko‘rgan va rafiqasiga ham uzatgan. Ammo Sara non bo‘lagini yerga tashlab yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Binyamin Netanyaxu savdo va boshqa sohalardagi aloqalar muhokamasi sabab Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgani tashrif buyurgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring