Isroil FATH generali uyiga hujum qildi. Qo‘mondonning farzandi halok bo‘ldi
Isroil kechasi Livan janubidagi Falastin lageriga zarba berib, FATH harbiylashgan qanoti yetakchilaridan biri Munir Ol-Maqdani nishonga oldi.
Ol-Maqda Livandagi eng yirik falastinlik qochqinlar lageri Ayn al-Hilveda yashagan, u Saida shahri yaqinida joylashgan (mamlakatda 12 ta lager mavjud). Ma’lum qilinishicha, lagerga qilingan hujumda besh kishi, jumladan qo‘mondonning o‘g‘li halok bo‘lgan, general-mayorning o‘zi esa yaralangan. Reuters agentligining yozishicha, Ol-Maqdaning taqdiri noma’lum.
FATH harakati Falastin ozodlik tashkilotining asosiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, uning raisi mamlakat prezidenti Mahmud Abbos hisoblanadi. FATH guruhi poytaxti Ramalloh bo‘lgan G‘arbiy Sohil mintaqasini, «Hamas» tashkiloti esa G‘azo sektorini nazorat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 1 oktabrga o‘tar kechasi Isroil armiyasi Livan janubida «Hizbulloh»ning chegara hududlaridagi marralariga qarshi quruqlikdagi operatsiya boshlaganini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter