Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil gospitalida falastinliklarning ayanchli holati oshkor bo‘ldi

Isroil gospitalida falastinliklarning ayanchli holati oshkor bo‘ldi

Isroildagi tibbiyot xodimlarining aytishicha, G‘azodagi falastinlik mahbuslar muntazam ravishda kasalxonada kishanlangan, ko‘zlari bog‘langan, ba’zan yalang‘och va taglik kiyishga majburlanmoqda – bir shifokorning ta’kidlashicha, bu amaliyot «qiynoqqa» teng. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.

Yana bir manba harbiy gospitaldagi muolajalar muntazam ravishda og‘riq qoldiruvchi vositalarsiz o‘tkazilishi va mahbuslarga «chidab bo‘lmas qiynoq» keltirishi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Boshqa bir manbaning aytishicha, hukumat shifoxonasida G‘azolik mahbuslarga nisbatan og‘riq qoldiruvchi vositalar invaziv tibbiy muolaja paytida «tanlab» va «juda cheklangan» miqdorda  ishlatilgan.

U, shuningdek, davlat shifoxonalari og‘ir bemorlarni ko‘chirish va davolashni istamagani uchun ular vaqtinchalik harbiy ob’yektlarda qarovsiz saqlanayotganini aytdi.

Isroil armiyasi tomonidan so‘roq qilish uchun G‘azo sektoridan olib ketilgan va keyinroq qo‘yib yuborilgan mahbuslardan birining aytishicha, infeksiyalangan jarohatini davolashdan bosh tortishgani uchun oyog‘ini kesib tashlashga to‘g‘ri kelgan.

Harbiy gospitalda ishlayotgan yuqori toifali shifokor har qanday ayblovni rad etdi, ammo qo‘riqchilar tomonidan qo‘llaniladigan kishan va boshqa cheklovlarni «insoniylikdan mahrum qilish» deb atadi.

BBCga intervyu bergan ikki nafar tibbiyot xodimi maxbuslarning tibbiy muolajalari xususida ma’lumot berdi. Ikkalasi ham masala nozikligi sababli anonim qolishni so‘rashdi.

Ularning guvohliklari Isroil fuqarolik va harbiy qamoqxonalari qasos olish apparati»ga aylangani va mahbuslarning inson huquqlari poymol etilayotganini anglatadi.

Isroil janubidagi Sde –Teyman harbiy bazasidagi gospitalda kasal va yaralangan mahbuslarni davolash borasida xavotirlar paydo bo‘ldi.

Dala gospitali Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Xamas hujumlaridan so‘ng G‘azodagi mahbuslarni davolash uchun yaratilgan, chunki ba’zi davlat shifoxonalari va xodimlari qo‘lga olingan jangarilarni davolashni istamasligini bildirgan.

O‘shandan beri Isroil kuchlari G‘azo sektoridan ko‘p sonli odamlarni hibsga oldi va so‘roq qilish uchun Sde–Teyman kabi bazalarga olib keldi. HAMASga ishlashda gumon qilinganlar Isroil qamoqxonalariga yuboriladi.

Armiya qo‘l ostidagi mahbuslar haqida ma’lumot bermayotir.

Sde–Teyman kasalxonasida bemorlarni davolash uchun mas’ul bo‘lgan bir nechta shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarning ko‘zlari bog‘langan va to‘rt a’zosi bilan to‘shaklariga doimiy ravishda kishanlangan holda saqlanadi.

Shuningdek, ular hojatxonaga borish o‘rnida taglik kiyishga majbur qilinyapti.

Bunga javoban Isroil armiyasi Sde–Teyman kasalxonasida mahbuslarning qo‘liga kishan taqilishi individual holat ekanligi, shuningdek  xavfsizlik tahdidi talab qilinganda qo‘llanilishi aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, tagliklar «faqat tibbiy muolajalardan o‘tgan va harakati cheklangan mahbuslar uchun» ishlatilgan.

Ammo guvohlar, jumladan, muassasaning katta anesteziologi Yoel Donchinning aytishicha, kasalxona bo‘limida tagliklar va qo‘l kishanlari muntazam ishlatiladi.

«Gospital bemorni xuddi yosh bola kabi 100 foiz qaram qiladi»,– dedi u. «Qo‘lingiz kishanlangan, tagliklardasiz, sizga suv va ovqat kerak, boshqa narsa haqida o‘ylashning ham iloji yo‘q».

Doktor Donchinning aytishicha, cheklovlarga bo‘lgan ehtiyojni individual baholash yo‘q va hatto yurishga qodir bo‘lmagan bemorlar - masalan, oyoqlari kesilgan bemorlar - yotoqqa kishanlangan. U bu amaliyotni «ahmoqlik» deb atadi.

G‘azo urushining dastlabki haftalarida muassasada bo‘lgan ikki guvohning aytishicha, u yerda bemorlarni adyol ostida yalang‘och holda saqlashgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring