Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil muxolifati Netanyahuni mag‘lubiyatda aybladi

Isroil muxolifati Netanyahuni mag‘lubiyatda aybladi

Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid hukumatni keskin tanqid qilib, mamlakat muzokaralar jarayonida ishtirok etmaganini bildirdi.

Uning fikricha, bu holat Isroil uchun «siyosiy muvaffaqiyatsizlik» bo‘lgan. Lapidning ta’kidlashicha, mamlakat o‘z maqsadlariga erisha olmagan.

«Bu bizning tariximizdagi eng katta siyosiy falokatlardan biri», — deb yozdi u.

Shuningdek, muxolifat yetakchisi bosh vazir Binyamin Netanyaxuni tanqid qilib, uning qarorlari siyosiy va strategik zararga olib kelganini aytdi.

«Netanyahu siyosiy muvaffaqiyatsizlikka, strategik muvaffaqiyasizlikka uchradi va o‘zi uchun qo‘ygan maqsadlarning birortasiga ham erisha olmadi. U takabburlik, beparvolik va strategik rejalashtirishning yo‘qligi tufayli yetkazgan siyosiy va strategik zararni qoplash uchun bizga yillar kerak bo‘ladi», – deb yozadi Lapid.

Ayni paytda, Isroil rasmiylari mazkur bayonotlarga hozircha munosabat bildirmagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring