Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Netanyahuni qamash bo‘yicha talabga javob qaytardi

Isroil Netanyahuni qamash bo‘yicha talabga javob qaytardi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Xalqaro jinoyat sudining prokurori Karim Xonning u va Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishni talab qilganini janjalli deb atadi. Netanyaxu Xalqaro sud qarori Isroilni to‘xtata olmasligini ta’kidladi.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, «Isroil qurolli kuchlari – dunyodagi eng ma’naviyatli armiya bo‘lib, u faqat xalqaro huquq asosida jang qiladi». U sud qarorini «Isroilning qo‘lini bog‘lash»ga urinish deb atadi va bu mamlakatni mudofaa huquqidan mahrum qiladi.

Prokurorning bayonoti tashqi ishlar vaziri Israel Kats, Isroil prezidenti Isaak Gersog, mudofaa vaziri Benni Gans va boshqa isroillik siyosatchilar tomonidan ham tanqid qilindi.

Shuningdek HAMAS ham bu masala yuzasidan munosabat bildirdi. Guruh xalqaro sud prokurorining qarorini tanqid qilib, uni «bosqinchi va mazlum mavqeini tenglashtirishda» aybladi. 

AQSh prezidenti Jo Bayden esa Benyamin Netanyaxu va Isroil mudofaa vazirini hibsga olish uchun order berish talabini dahshatli deb atadi.

U AQSh Isroil bilan birgalikda yahudiy davlati xavfsizligiga tahdidlarga qarshi turishiga ishontirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring