Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroilga kirishi taqiqlangan BMT bosh kotibi bayonot berdi

Isroilga kirishi taqiqlangan BMT bosh kotibi bayonot berdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq bo‘yicha yig‘ilishida Eronning Isroilga qarshi yirik raketa hujumini qoraladi. Bu haqda Reuters yozmoqda.

«Eronning Isroilga qarshi yirik raketa hujumini yana bir bor keskin qoralayman», dedi Bosh kotib.

Guterrishning qo‘shimcha qilishicha, Eronning Isroil hududiga zarbalari hech qanday tarzda Falastin tinch aholisining muammolarini hal qilmaydi va «ularning azob-uqubatlarini kamaytirmaydi».

1 oktyabr oqshomida Eron Isroil tomon 500 ga yaqin ballistik raketa uchirdi. Bu Isroil mudofaa kuchlari Livandagi Hizbullohga qarshi quruqlikdagi operatsiyani boshlaganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi.

Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats Guterrishni Eron raketa hujumiga nisbatan «jim bo‘lgani» uchun persona non grata deb e’lon qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring