Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Istanbulda italiyalik mashhur tenorning yubiley konserti bo‘lib o‘tdi

Istanbulda italiyalik mashhur tenorning yubiley konserti bo‘lib o‘tdi

Turkiyaning madaniyat va san’at poytaxti Istanbulda taniqli tenor Andrea Bochellining 30 yillik yubiley konserti bo‘lib o‘tdi. Italiyalik superyulduz musiqa olamidagi uchinchi 10 yilligini butun dunyo bo‘ylab jonli chiqishlari bilan nishonlashda davom etmoqda. Istanbulda o‘tkazilgan konsert chiptalari ham bir necha oy oldinoq o‘z egalarini topgandi.

30 yillik yubiley konsert safari Braziliyadan keyin Istanbulda davom etdi va Beshiktosh Tuprash stadionida konsert munosabati bilan 30 ming tenor shaydolari yig‘ildi. Konsertda Andrea Bochelliga Istanbul davlat simfonik orkestri va Istanbul opera xori hamrohlik qilgan.

Yubiley konsert Turkiyada bir tenor ijro etgan ilk stadion konserti bo‘lgani uchun ham barchaning e’tiborni tortdi. Tenor ixlosmandlarining konsertni butun Turkiya bo‘ylab va xorijdan tomosha qilishlari, shuningdek, mukammal ijro Istanbulning madaniy boyligini yana bir bor ochib berdi.

Konsert Italiya, Angliya va AQShda davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring