Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning xorijga chiqishi taqiqlandi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning xorijga chiqishi taqiqlandi

Foto: Korea.net

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolga xorijga chiqish taqiqlandi. Bu haqda dushanba kuni bo‘lib o‘tgan parlament eshituvida mamlakat adliya vazirligi vakili ma’lum qildi, deya Reuters xabar berdi.

Yonhap agentligi xabar berishicha, yuqori lavozimli shaxslar o‘rtasida korrupsiyani tergov qilish boshqarmasi rahbari prezidentning chet elga chiqishini man etishni so‘ragan. Yakunda adliya vazirligi tomonidan taqiqlov joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan Yun Sok Yol lavozimini saqlab qolgan — parlament impichment to‘g‘risidagi qarorni qabul qila olmagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring