Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Janubiy Koreya Rossiya samolyotlari sabab qiruvçi samolyotlarini havoga kötardi

Janubiy Koreya Rossiya samolyotlari sabab qiruvçi samolyotlarini havoga kötardi

Illyustrativ surat

24 noyabr kuni ertalab Rossiyaning bir neçta harbiy samolyoti Şarqiy dengiz ustidagi Janubiy Koreya havo hujumidan mudofaa tizimining tanib oliş zonasiga qisqa muddatga kirib, keyin uni tark etdi. Bunga javoban Seul orollardan birida havo trevogasi eʼlon qildi va qiruvçi samolyotlarni havoga kötardi.

Janubiy Koreya Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasi (JCS) Rossiya samolyotlari mamlakat havo hududini buzmaganini maʼlum qildi.

JCS maʼlumotiga köra, Rossiya harbiy samolyotlari erta tongda Janubiy Koreyaning havo hujumidan mudofaa tizimini tanib oliş zonasiga (KADIZ) kirgan, Ullindo oroliga yaqinlaşgan va keyin hududni tark etgan.

«Rossiya samolyotlari KADIZ hududiga kirişidan oldin ularning harakatini aniqladik va ehtimoliy favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik köriş uçun qiruvçi samolyotlarni taktik manyovrlar bajarişga yönaltirdik», — deyiladi JCS bayonotida.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Çon Binna brifingda vazirlik kunning ikkinçi yarmida Seuldagi Rossiya elçixonasi vakilini rasmiy norozilik bildiriş uçun çaqirişini maʼlum qildi.

JCS vakili jurnalistlarga Rossiya samolyotlari Janubiy Koreya havo hududiga juda yaqin uçganini, biroq mamlakat harbiylari javob çoralarini körganidan söng Şarqiy dengiz tomonga yönalib, hududni tark etganini aytdi.

Samolyotlar Janubiy Koreya havo hududiga kirgani haqidagi xabar ortidan Içki işlar vazirligi havo trevogasi eʼlon qilib, aholini yerosti boşpanalariga evakuatsiya qilişga çaqirgan.

Biroq Rossiya samolyotlari hududni tark etganidan uç daqiqa ötib, ogohlantiriş bekor qilingan.

Keyinroq Kyonsan-Pukto provinsiyasi hukumati aholiga alohida xabar yuborib, trevoga bekor qilinganini maʼlum qilgan. Ammo xabarda samolyotlar Rossiyaga emas, Şimoliy Koreyaga tegişli bölişi mumkinligi aytilgan.

Taxminan 40 daqiqadan söng provinsiya rasmiylari xatoni tuzatib, yangi xabar tarqatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring