Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya tomoni KXDRga «antiqa sovg‘a» yubordi

Janubiy Koreya tomoni KXDRga «antiqa sovg‘a» yubordi

Janubiy koreyalik faollar K-pop va USB-disklardagi mashhur filmlar joylangan sharlarni KXDRga jo‘natdi. Bu haqda CNN yozmoqda.

Targ‘ibot varaqalari bilan to‘ldirilgan «madaniy» sharlar, shuningdek, filmlar va musiqalar yozilgan minglab flesh-disklar uchirilgan aksiya bugun ertalab «Erkin Shimoliy Koreya uchun» jangchilar guruhi tomonidan amalga oshirildi. Janubiy koreyaliklar o‘zlarining shimoliy qo‘shnilariga yuborgan flesh-kartalarda mamlakatdagi mashhur kliplar va teleko‘rsatuvlar yozuvlari bor. Shuningdek, faollar KXDRga ikki mingta bir dollarlik kupyura jo‘natgan.

Qayd etilishicha,  guruh ko‘p yillardan buyon KXDRda taqiqlangan buyumlar solingan shunga o‘xshash havo sharlarini jo‘natib keladi. Ular odatda oziq-ovqat, dori-darmon, radio, targ‘ibot varaqalari va bosma Janubiy Koreya yangiliklarini ushbu paketlarga joylashtiradilar. Shu bilan birga, respublika hukumati ularga bunday harakatlarni amalga oshirishni rasman taqiqlaydi. Shunga qaramay, ko‘p yillar oldin KXDRdan qochgan «jangchilar» tashkiloti rahbari Pak San Xak ular yuborgan materiallarni «haqiqat va erkinlik maktublari» deb atadi.

Avvalroq KXDR ikki marotaba janubga axlat ortilgan havo sharlarini uchirgandi. OAVning yozishicha, so‘nggi voqea ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirgan. Janubiy Koreya shu hafta demarkatsiya chizig‘i yaqinida «barcha harbiy harakatlarni» davom ettirishini e’lon qilib, ikki davlat tomonidan imzolangan 2018 yilgi kelishuvni to‘xtatib qo‘ydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring