Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy fuqarosi o‘zining dafn marosimidan ikki oy o‘tib uyiga qaytib keldi

Xitoy fuqarosi o‘zining dafn marosimidan ikki oy o‘tib uyiga qaytib keldi

Foto: «TASS/Zuma»

Xitoyning Chunsin shahrida yashovchi Szyao familiyali odam o‘zining dafn marosimidan ikki oy o‘tib uyiga qaytib keldi, deb yozadi «Daily Mail».

Nashrning xabariga ko‘ra, mart oyida ruhiy kasallikka chalingan 43 yoshli erkak uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Oilasi politsiyaga murojaat qilgan, ma’lum paytgacha uni qidirishgan. Aprel oyida qarindoshlari yo‘qolgan odamning tavsiflariga to‘g‘ri keladigan kishi qo‘shni provinsiyadagi shifoxonaga yotqizilganidan xabar topishgan.

Bemor juda og‘ir ahvolda bo‘lgan. Szyaoning tog‘asi haligi odamning yuzi kislorodli niqob tufayli yaxshi ko‘rinmayotgan bo‘lsa ham, jiyani ekanligini tasdiqlagan.

Oila o‘lim to‘shagida yotgan odamni uyiga olib ketishga qaror qilgan, buning uchun 12 ming yuan (17 million so‘m atrofida) sarflashga to‘g‘ri kelgan. Afsuski, bemor yo‘lda vafot etgan, murda esa kuydirilgan. Qarindoshlari yana 140 ming yuan (chamasi 200 million so‘m) sarflab dafn marosimini o‘tkazishgan.

May oyining oxirida Shanjao shahar politsiyasi oilaga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Szyao deb tanishtirayotgan uysiz odamni topganini ma’lum qilgan. Bu safar qarindoshlari uni tanigan, shekilli, 5 iyul kuni erkak uyiga qaytib kelgan.

Endi oila bemorlarni adashtirib qo‘ygan shifoxonadan kompensatsiya undirish payida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring