JSST rahbari Isroil bombardimoniga uchradi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus Yamanning Sana shahridagi aeroportda Isroil havo hujumiga uchradi. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u tirik.
26-dekabr, payshanba kuni Yamandagi Sana xalqaro aeroporti Isroil havo hujumlariga uchradi. Yaman poytaxti shimolidagi Ad-Daylami aviabazasi va uning atrofida ham zarbalar berildi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, Isroil qiruvchi samolyotlari Sana xalqaro aeroporti va unga tutash Al-Daylami aviabazasiga olti marta reyd o‘tkazgan. Shialarning Ansor Alloh harakati (husiylar) havodan bombardimon fuqaro aeroportiga, jumladan uchish-qo‘nish yo‘lagi va chiqish zaliga katta zarar yetkazganini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas