Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kaliforniyadagi Jahon chempionati fan-zonasi yaqinida otishma: bir kishi halok bo‘ldi

Kaliforniyadagi Jahon chempionati fan-zonasi yaqinida otishma: bir kishi halok bo‘ldi

AQShning Kaliforniya shtatida Jahon chempionati muxlislari to‘planadigan fan-zona yaqinida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi og‘ir jarohat oldi.

San-Xose politsiyasi ma’lum qilishicha, hodisa San-Pedro maydonida yuz bergan. Bu hudud San-Fransisko ko‘rfazi atrofida Jahon chempionati uchrashuvlari katta ekranlarda namoyish etiladigan asosiy joylardan biri hisoblanadi.

Biroq politsiya otishma vaqtida mazkur hududda futbol o‘yini translyasiya qilinmaganini alohida ta’kidladi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, jabrlanganlardan biri voqea joyida vafot etgan. Ikkinchi fuqaro hayoti uchun xavfli ahvolda shifoxonaga olib ketilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisani qasddan odam o‘ldirish sifatida tergov qilmoqda. Voqea sodir bo‘lgan hudud atrofidagi bir nechta ko‘cha vaqtincha yopilgan.

Hozircha gumondorlar va otishmaning sabablari haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring