Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya Falastinni rasman tan oldi

Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya bir necha daqiqa farq bilan Falastin davlatini tan olishlarini e’lon qilishdi. Kanada Falastinni rasman tan olgan birinchi G7 davlatiga aylandi.
Bir necha G‘arb davlatlari - Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Belgiya va Portugaliya - dushanba kuni ochiladigan BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida avvalroq Falastin davlatini tan olishlarini e’lon qilgan edi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bu harakatga qarshi, Isroil ham buni tanqid qildi.
"Bugun falastinliklar va isroilliklar uchun tinchlik va ikki davlat qaroriga umidni tiklash uchun Buyuk Britaniya Falastin davlatini rasman tan oladi", dedi Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer videomurojaatida.
Kanada Bosh vaziri Mark Karni o‘zining X tarmog‘idagi bayonotida shunday dedi: "Kanada Falastin davlatini tan oladi va ikki davlat uchun tinch kelajakni qurishda o‘z sherikligini taklif qiladi".
Ushbu hukumatlar, shuningdek, HAMASdan barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishni, to‘liq qurolsizlanishni va Falastinning kelajakdagi boshqaruvida hech qanday rol o‘ynamasligini talab qiladi.
Shuningdek, Isroilning amaldagi hukumati Falastin davlatini barpo etishning doimiy oldini olish uchun uslubiy ish olib borayotgani qayd etilgan. U G‘arbiy Sohilda turar-joylarni kengaytirish bo‘yicha qat’iy siyosat olib boradi, bu xalqaro huquqqa ziddir.
G‘azodagi urush o‘n minglab tinch aholining hayotiga zomin bo‘ldi, milliondan ortiq qochoqqa aylandi. Anklavda gumanitar inqiroz va ocharchilik boshlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter